“MAHALLABAY” IShLASh TIZIMI BO‘YIChA TADBIRLAR DAVOM ETTIRILMOQDA
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan "Aholini
sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi bilan bog‘liq muammoli masalalarni hal etishning
yangicha «mahallabay» ishlash tizimi joriy etilib, bu borada ishlar amalga oshirib
kelinmoqda.
"Mahallabay"
yurish orqali soha xodimlari aholi orasida fuqarolarning dard-u tashvishi, muammo
va masalalari o‘rganilib, fuqarolarning sanitariya madaniyati oshirilmoqda, yuqumli,
parazitar kasalliklar, ovqatdan zaharlanish hamda mavsumiy kasalliklar tarqalishining
oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari ham bugungi kunda o‘z samarasini
bermoqda.
Bu borada Xorazm viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi va shahar tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan uangicha mahallabay ishlash bo‘yicha Gurlan tumanning “Chinobod" mahallasida mahalla faollari bilan “Mahallabay” ishlash tizimi orqali yuqumli kasalliklarning oldini olish, xonadonlarda sanitariya-gigienik qoidalarga amal qilish orqali salomatlikni asrash boʻyicha uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda mahalla raisi va faollari, Xotin-qizlar masalasi boʻyicha maslahatchisi, yoshlar yetakchisi, tibbiyot xodimlari ishtirok etdi.
Unda yuqumli va parazitar kasalliklar, it va boshqa hayvonlar
jarohatlar, ovqatdan zaharlanishlar, shu jumladan botulizm, brutsellyoz, qo‘tir, sil kabi kasalliklar
va ularning kelib chiqish sabablari, profilaktikasi bo‘yicha maʼlumotlar berildi.
Shuningdek, mahallada joylashgan xonadonlarda dizinfeksiya ishlari o‘tkazilib,ichimlik suvi taʼminoti,
kanalizatsiya tizimining holati, uy hayvonlari saqlanadigan joylarning holati, chiqindilarini
tozalash, yigʻish va koʻmish ishlarining olib borilishi boʻyicha tavsiyalar berildi . Suhbat davomida mutaxassislar
mahalla faollariga yuqorida qayd etilgan
holatlar, ularning kelib chiqish sabablari, mazkur kasalliklarga xos klinik belgilar,
davolash usullari va amalga oshirilishi lozim boʻlgan profilaktik tadbirlar boʻyicha
mutaxassislar tomonidan tushuntirilib va tarqatma materiallar tarqatildi.