13ноя

Joriy yilda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish borasida viloyat tomonidan 10 oyida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi to‘g‘risida.

Joriy yilning 13- noyabr kuni Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Xorazm viloyati boshqarmasida "Joriy yilda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish borasida viloyat tomonidan 10 oyida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi" to‘g‘risida video aloqa formati shaklida seminar o‘tkazildi.


 Seminarga Sanepid qo‘mitaning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i E.Danaev va mutaxassis D.Kattabekov, Xorazm viloyati SEO va JS boshqarmasi boshliq o‘rinbosarlari, bo‘lim mudirlari, sanitariya va epidemiologiya vrachlar, vrach yordamchilari, yurist, kadrlar bo‘limi boshlig‘i, buxgalteriya xodimlari va masalaga aloqadar boshqa xodimlar, shahar va tuman SEO va JS bo‘limlari boshliqlari va mutaxassislar qatnashishdi.


Yig‘ilishni viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sh.Otajonov kirish so‘zi bilan ochib berdi va yig‘ilish ishtirokchilarini kun tartibidagi masala bilan tanishtirdi.