27ноя

27-noyabr kuni Urganch davlat universitetida viloyat hokimligi ishchi guruhi tomonidan o`rganish ishlari olib borildi.

Viloyat hududidagi talabalar turar joylarni kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o‘rganish yuzasidan bugun, 27-noyabr kuni  Urganch davlat universitetida viloyat hokimligi ishchi guruhi tomonidan o’rganish ishlari olib borildi.
O’rganishlar jarayonida yotoqxonalarda talabalar uchun yetarli sharoit qilib berilganligi, ya’ni oshxona jihozlarining mavjudligi, hojatxona va yuvinish xonasining soz holdaligi, kuz-qish mavsumi uchun karovat, ko‘rpa-to‘shaklar berilganligi, ularni sanitariya ahvolga javob berishi ko’zdan kechirildi. 
Shuningdek, yotoqxonaning elektr energiyasi, tabiiy gaz, issiq va sovuq suv ta’minoti bilan ta’minlanganligi, ya’ni quvurlarni soz holdaligi tekshirilib, u yerdagi deraza oynalari, eshiklarni soz holatda ekanligi o’rganildi. 
Talabalar turar joylarida talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, o’quv xonalari, "Zakovat" intellektual o’yini uchun ajratilgan xona, shu bilan birga, sport va turli to’garak xonalari borib ko’rildi.