Joriy yilning 25 noyabr kuni boshqarmada yong`in xavfsizligi oyligi va ovqatdan zaxarlanishni oldini olish bo`yicha seminar o`tkazildi.
Seminarda boshqarma xodimlari va viloyat FVB xodimi R.Xudayberganov boshchiligida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari-Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha Hukumat komissiyasi raisining 2024-yil 28-oktabrdagi 2-sonli bayoni va viloyat hokimligining 2024-yil 4-noyabrdagi 424-12-0-Q/24-sonli qarori ijrosi yuzasidan joriy yilning 15-noyabr kunidan 15-dekabr kuniga qadar viloyat hududida “Yong‘in xavfsizligi oyligi” tadbiri davomida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlar;


O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 30-sentabrdagi “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi 226-sonli va 2022-yil 17-avgust kunidagi “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi 790-sonli Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-oktabrdagi 649-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yong‘in xavfsizligi qoidalari”ning mazmun–mohiyati to`g`risida va Viloyatda Fuqarolar tomonidan sifatsiz oziq-ovqat maxsulotlarni iste’mol qilishlari natijasida ovqatdan zaharlanishni oldini olish bo`yicha boshqarmaning sanitariya vrachi A.Jumaniyazov tomonidan sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlarini ya`ni uy sharoitida tayyorlangan konserva maxsulotlarini iste’mol qilish natijasida ovqatdan zaharlanish (botulizm) bilan bog‘liq holatlar to`g`risida aytib o`tildi.

