08фев
“Odamlar va hayvonlar o‘rtasida quturish kasalligi tarqalishining oldini olishda FVDT xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazildi.
- ---
- 65 marta o'qildi
Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, viloyat IIB jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini ta’minlash bo‘limi, viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi, viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi va uning shahar va tuman bo‘limi, viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi va uning shahar va tuman bo‘limi, Xonqa tuman tibbiyot birlashmasi, shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari hamda Xonqa tuman mahalla fuqarolari yig‘ini raislari ishtirokida viloyat xokimining 2025 yil 23 yanvardagi FM-6-270XDFU-sonli buyrug‘iga asosan “Odamlar va hayvonlar o‘rtasida quturish kasalligi tarqalishining oldini olishda FVDT xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazildi. Bundan tashqari, kasallikning xavf manbai va omillarini bartaraf etish ishlarini samaradorligini oshirish, maxsus himoya vositalaridan foydalanish ko‘nikmalari va tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlari olib borildi.
O‘quv mashg‘ulotida dunyo miqyosidagi kasallik bilan bog‘liq vaziyat, uning mamlakatimizga kirib kelishining oldini olish, hamkorlikda amalga oshiriladigan dolzarb masalalar haqida hamda bu borada targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirish borasida vazifalar belgilandi.



