21фев
MATBUOT ANJUMANI
- ---
- 85 marta o'qildi
Joriy yilning 20-fevral kuni Xorazm viloyati sanitariya-epidemilogik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasida “O‘ta xavfli yuqumli kasalliklarni oldini olish bo‘yicha viloyat miqyosida olib borilayotgan tadbirlar mazmun-mohiyati yuzasidan” matbuot anjumani o‘tkazildi.
Matbuot anjumanida Xorazm viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi mas’ul xodimlari, Xorazm viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mutaxassislari, ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar hamda tuman va shahar bo‘limlarining Jamoatchilik bilan ishlash bo‘lim xodimlari ishtirok etdilar.
Anjumanda viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi tomonidan O‘ta xavfli yuqumli kasalliklarni oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbirlar, amalga oshirilib kelinayotgan tadbirlar yuzasidan ishtirokchilarga atroflicha ma’lumotlar berildi. Anjuman savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi.
Tadbir davomida jurnalistlar va blogerlar sohaga oid ko‘plab savollariga javoblar oldilar.





