RASMIY MUNOSABAT !!!
- ---
- 47 marta o'qildi
RASMIY MUNOSABAT !!!
Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Haqiqat yo`lida” elektron nashri bosh muharriri, bloger Quvonchoy Sherjanova tomonidan haqiqat_yo'lida_uz ijtimoiy tarmog‘ida Sanepidqo‘m Xorazm viloyati boshqarmasining tashqi hojatxonasidagi holat yuzasidan ommaga yo‘llagan tanqidiy muhokamasi to‘g‘risida:
Haqiqatdan, “Haqiqat yo'lida” elektron nashri bosh muharriri, bloger Quvonchoy Sherjanova tomonidan yoritilgan holatlar to‘g‘ri. Fuqarolar parazitar kasalliklarni aniqlash, dizbakterioz uchun analiz topshirishda hojatxonadan foydalanib, natijada uning ushbu holatga kelib qolishiga sabab bo‘lgan.
Ma’lumot o‘rnida: boshqarmaga mikrobiologik va parazitar kasalliklarni aniqlash uchun analizlar topshirishga kuniga o‘rtacha 120 dan ortiq fuqarolar murojaat qiladi.
Boshqarmada xodimlar va fuqarolar uchun jami 8 o‘rinli hojatxona tashkil qilingan. Hojatxona va unga tutash hududlar avtogaraj devorlari, bardyurlarni tartibga keltirish bo‘yicha joriy ta’mirlash ishlari o‘tkazildi.Suyuq sovun, dezinfeksiya uchun gipoxlorid kalsiy, qo‘l quritadigan qurilma (elektropalatensa), gigienik qog‘oz to‘plam, chelak, shevabra va boshqa zarur barcha narsalar sotib olinib, zaxirasi yangilandi, murojaat qilgan fuqarolarga hojatxonadan foydalanishda qulay sharoit yaratildi.
Albatta, ushbu holat yuzasidan to‘g‘ri xulosa chiqarib, boshqarma jamoasida tanqidiy muhokama o‘tkazildi. Buyruq qabul qilinib, kichik tibbiy xodimlar har kuni 2 soatdan hojatxonani tozalab, dezinfeksiya qilib turishi, gigienik vositalarini almashtirib turishi topshirildi, grafigi qayta ko‘rib chiqildi.