26фев
Odob-ahloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo`yicha seminar o`tkazildi.
- ---
- 66 marta o'qildi
Xorazm viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2022 yil 14-oktabrdagi “Davlat fuqoralik xizmatchilari tamonidan odob-ahloq qoidalariga rioya etishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarida” gi №595-sonli qarori ijrosini taminlash bo`yicha davra suxbati o`tkazildi. Suxbatni boshqarmaning xotin-qizlar qo`mitasi raisi N.Babaeva chiqib, xar oyning juma kuni milliy kiyimlar kuni ekanligi bo‘yicha to‘xtaldi. Ishchi-xodimlarimizga xar juma kuni o‘zimizga xos bo‘lgan o‘zbekona milliy liboslarimizda kelish aytildi, umumiy qoidalar, kasbiy madaniyatga oid umumiy odob-ahloq qoidalari, xizmatdan tashqari odob-ahloq qoidalari, jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari bilan munosabatga oid odob-ahloq qoidalari, xizmat faoliyatida tashqi ko‘rinish va kiyinish uslubiga oid odob-ahloq qoidalari, manfaatlar to‘qnashuvi, davlat xizmatchilarini manfaatlarini ximoya qilish, odob-ahloq qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish, tizim faoliyatida qonuniylik, vatanga sadoqat va xizmat vazifaga fidoyilik, yuklangan funksional vazifalarni to‘liq bajarish, ijro intizomga qat’iy rioya etish, fuqoralar xuquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustivorligi, davlat va jamiyat manfaatlariga sodiqlik, adolatlilik va halollik, xolislik korrupsiya xolatlariga murosasiz munosabatda bo‘lish va korrupsiyaga qarshi kurashish, xizmat sirini qat’iy sir saqlash, mansab vakolatlarini suiste’mol qilmaslik, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, davlat xizmatchilari mehnat faoliyati davomida va ishdan tashqari vaqtda xulk-atvorining umumiy qoidalariga amal qilish lozimligi, davlat xizmatchisining obro‘siga putir yetkazishi mumkin bo‘lgan xatti-xarakatlaridan tiyilish, ahloq normalariga doimiy rioya qilish to‘g‘risida tushuntirildi.

