Xonqa va Gurlan tuman markaziy dexqon bozorlarida nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
- ---
- 59 marta o'qildi
✅ Xorazm viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi xodimlari hamda Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Xonqa va Gurlan tuman markaziy dexqon bozorlarida nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
✅ Tadbir davomida bozor va shaxobchalarda faoliyat olib borayotgan sotuvchilarning tibbiy ko‘rikdan o‘tgan holda maxsus kiyimlarda savdoni amalga oshirishi, noma’lum sharoitlarda tayyorlangan sifati va xavfsizligini ta’minlovchi hujjatlarga ega bo‘lmagan mahsulotlarni sotmaslik, veterinariya-sanitariya qoidalariga rioya etgan holda faoliyat yuritish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
✔️Aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan tegishli ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, bunday holatlarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Aziz yurtdoshlar!
‼️ Dehqon bozorlarida quyosh nuridan himoyalanmagan, ochiq sharoitda saqlangan tez buziladigan mahsulotlarni sotib olmang, Iste’mol qilayotgan mahsulotlaringizni sifatiga e’tiborli bo‘lishni unutmang!