04июн

“Mahallabay” ishlashning yangicha tizimi Xiva shahar “Yangi hayot " mahallasida amalga oshirilmoqda

“Mahallabay” ishlashning yangicha tizimi Xiva shahar  “Yangi hayot " mahallasida amalga oshirilmoqda
 
 Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi  Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan "Aholini sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi bilan bog‘liq muammoli masalalarni hal etishning yangicha "mahallabay" ishlash tizimi joriy etilib, bu borada ishlar amalga oshirib kelinmoqda. 
 
 Sanepidqo‘mita Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘i tashabbusi bilan Xiva shahar “Yangi hayot"   mahallasida aholiga yuqumli va parazitar kasalliklarning oldini olish yuzasidan targ‘ibot  tadbirlari o‘tkazildi. 
 
Mahallalarda  yashovchi oilalar uchun bepul tibbiy ko‘rik va 2-7 yoshdagi bolalar  gijja parazitlariga  laborator tekshiruvlardan   o‘tkazildi. 
 
Shuningdek, nogironligi bo‘lgan bemorlarning holidan xabar olinib, ularga zarur muolajalar ko‘rsatildi. Bundan tashqari, mahallada shahar "Toza hudud" DUK xodimlari  tomonidan maishiy chiqindilar olib ketildi.
 
Tajribali shifokorlar tomonidan tibbiy ko‘rik natijalaridan kelib chiqib, tegishli tavsiya va tarqatma materiallar tarqatildi.