Viloyatda 18 yoshdan katta bo'lgan, virusli gepatit B va C turi bilan oldin kasallanib ro`yxatda turmagan aholi o'rtasida skrining tekshiruvi o`tkazish mavzusida seminar o`tkazildi.
Viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasing majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-maydagi PQ-243-sonli “Ayrim dolzarb virusli infeksiyalar tarqalishiga qarshi kurashish chora-tadbirlarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorini ijrosini ta`minlash bo`yicha Viloyatda 18 yoshdan katta bo'lgan, virusli gepatit B va C turi bilan oldin kasallanib ro`yxatda turmagan aholi o'rtasida skrining tekshiruvi o`tkazish mavzusida seminar o`tkazildi. Seminarni boshqarma boshlig`i o`rinbosari Sh.Otajanov, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh vrachi Z.Madrimov, viloyat gepatoligayi markazi bo`limi mudiri J.Atamurotov va viloyat boshqarmasining epidemiologiya bo`limi mudirasi Z.Matyakubova, vrach epidemiolog S.Nurullayevlar olib bordi. Seminarda shahar va tuman davolash profilaktika muassasalarining davolash ishlari bo`yicha bosh vrach o`rinbosarlari, KTMP,OP,OSHP bo`lim mudirlari, vrach laborantlar, IT hamshiralari, Yuqumli kasalliklarni ro`yxatga olish xonasi shifokorlari qatnashishdi.