24янв
Bosharmada 2024 yil hisobot yakuni natijalari, aniqlangan kamchiliklar va berilgan topshiriqlarni bajarilishi va “Korrupsiya-taraqqiyot kushandasi” mavzusida targ‘ibot va tushuntirish shlari yuzasidan yig`ilish o`tkazildi.
Bosharmada 2024 yil hisobot yakuni natijalari, aniqlangan kamchiliklar va berilgan topshiriqlarni bajarilishi va “Korrupsiya-taraqqiyot kushandasi” mavzusida targ‘ibot va tushuntirish shlari yuzasidan yig`ilish o`tkazildi. Yig`ilishda boshqarma boshlig`i v.v.b G`.Shokirov, boshqarma boshlig`i o`rinbosarlari, boshqarma yuristkonsulti va shahar-tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limlari boshliqlari qatnashishdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ayrim dolzarb virusli infeksiyalar tarqalishiga qarshi kurashish chora-tadbirlarini takomillashtirish to‘g‘risida” 2022-yil 16-maydagi PQ-243-son qarorining bajarilishi bo‘yicha, axoli orasida gepatit A kasalligini oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib, Yuqumli kasalliklarni elektron monitoringini yuritish bo‘yicha (YuKEM) axborot tizimiga Yuqumli kasalliklarning elektron tizimini yuritish va kasallik aniqlanganda tezkor xabarnomani ushbu tizim orqali yetkazish, Vrachlar va o‘rta ma’lumotli tibbiyot xodimlarini malaka oshirish kurslarida o‘qitish, malaka toifasini olish ishlarini davom qildirish, Boshqarmaning Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 7-i sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida barcha kirish-chiqish xatlari, topshiriq va ko‘rsatma xatlar, buyruq va bayonlar va hakozolar lotin tiliga asoslangan o‘zbek tilida yuritilishi ta’minlan to`g`risida topshiriqlar berildi.

