03апр

Boshqarmada Korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida targ‘ibot va tushuntirish ishlari yuzasidan seminar o`tkazildi.

         O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6 iyuldagi Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashqil etishga doir ko‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi № PQ 5177-sonli qaror,“O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uni oldini olish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi  “Korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusida targ‘ibot va tushuntirish ishlari  yuzasidan Xorazm viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sh.T.Otajanov tomonidan ochib berildi va so‘z navbatini boshqarmaning mas’ul xodimlariga berdi: 
Boshqarma yuristkonsulti Sh.Avezmuratov: xodimlarga korrupsion holatlarning oldini olish, ularning salbiy oqibatlari, qabul qilingan yangi qonun normalari, ko‘rilayotgan choralar haqida batafsil to‘xtaldi va so‘z navbatini taklif qilingan Xorazm iloyati Ma’muriy sudining sudyasi T.Ibragimovga berdi. Shuningdek T.Ibragimov Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilikning vazifalari Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilik inson va jamiyat farovonligi yo‘lida fuqarolarning huquq va erkinliklarini, mulkni, davlat va jamoat tartibini, tabiiy muhitni muhofaza qilishni, ijtimoiy adolat va qonuniylikni ta’minlashni, ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarning o‘z vaqtida va ob’ektiv ko‘rib chiqilishini, shuningdek bunday huquqbuzarliklarning oldini olishni, fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etish ruhida tarbiyalashni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘yadi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun ushbu Kodeks qanday harakat yoki harakatsizlik ma’muriy huquqbuzarlik hisoblanishini, ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsga nisbatan qaysi organ (mansabdor shaxs) tomonidan qay tartibda qanaqa ma’muriy jazo qo‘llanilishi va ijro etilishini belgilaydi. Davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari ma’muriy huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning sodir etilishiga olib keluvchi sabablar va sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etishga, fuqarolarni ongli, intizomli bo‘lish xaqida aytib o`tdilar.