26сен

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Xorazm viloyati boshqarmasida bolalarni xavfsiz va sog‘lom ovqatlantirish bo‘yicha seminar o‘tkazildi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Xorazm viloyati boshqarmasida bolalarni xavfsiz va sog‘lom ovqatlantirish bo‘yicha seminar o‘tkazildi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Xorazm viloyati boshqarmasi majlislar zalida boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari G‘. Shokirov hamda viloyat prokuraturasi va viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi xodimlari ishtirokida “Maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qo‘yiladigan gigiyenik talablar hamda bolalarni sifatli va xavfsiz ovqatlantirishni tashkil etish, yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish” mavzusida o‘quv-seminar o‘tkazildi. Unda tuman va shahar maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari hamda autsorsing rahbarlari ishtirok etdilar.
Tadbirda G‘. Shokirov maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarning sifatli va xavfsiz ovqatlanishida uchrayotgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlarini tashish va saqlashda sanitariya talablariga rioya qilish masalalari bo‘yicha yig‘ilish ishtirokchilariga ko‘rsatmalar va tavsiyalar berdi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida gigiyena va ovqatlanish sifati bolalarning jismoniy va ruhiy rivojlanishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Bolalar sog‘lom va xavfsiz muhitda tarbiya olishi uchun sanitariya qoidalariga qat’iy rioya qilinishi, toza muhit va sifatli ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanishi zarur. Ovqatlanishdagi kamchiliklar bolalarning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, immunitetni susaytirishi va kasalliklarga chalinish ehtimolini oshirishi mumkin.
O‘quv-seminar davomida ishtirokchilar sohadagi qonunchilik, gigiyenik talablar va sifatli ovqatlanishni ta’minlash bo‘yicha amaliy yo‘nalishlar haqida ma’lumot oldilar hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.