02июн

Yuqumli kasalliklarning oldini olishda yagona vosita emlashdir

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi vaksinalar logistikasi va immunoprofilaktika bo‘limi bosh mutaxassisi X.Jamalova  boshchiligida Xorazm viloyat SSB tizimidagi tibbiyot xodimlari va viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi  hududiy bo‘limlari epidemiologlari ishtirokida viloyatda qizamiq kasalligi tarqalishini oldini olish borasida olib borilayotgan tadbirlar va kelgusida amalga oshirililishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan o‘rganish ishlari o‘tkazildi.
O‘rganishlar davrida  yuqumli kasalliklarni oldini olishda bolalarni 13 turdagi infeksiyaga qarshi emlashni xolati birlamchi davolash-profilaktika muassasalari, poliklinikalarda  o‘rganilib, emlashni tez va sifatli o‘tkazish buyicha amaliy-uslubiy yordamlar ko‘rsatildi.
O‘rganishlar so‘ngida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan Xorazm viloyat SSB tizimidagi  tegishli tibbiyot xodimlari va viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi   hududiy bo‘limari xodimlari ishtirokida VKS yig‘ilish o‘tkazildi.Yig‘ilishda X.Jamalova viloyatda qizamiq kasalligini oldini olishda vaksinatsiyaning ahamiyati haqida gapirib, asosiy e’tiborni  6 oylik va 15 oylik bolalarni epidemiologik ko‘rsatma bo‘yicha to‘liq emlanishlariga erishish, reja asosida  1 yoshdagi va 6 yoshdagi bolalarni va qizamiq kasalligi bilan muloqotda bo‘lganlarni o‘z vaqtida emlanishini ta’minlabgina bu kasallikni to‘xtatish mumkinligini alohida ta’kidlab o‘tdi.