06ноя

Korrupsiya: Demokratiya asoslariga putur yetkazadi

❗️Korrupsiya: Demokratiya asoslariga putur yetkazadi





Korrupsiya, poraxo’rlik, manfaatlar to’qnashuvi… Korrupsiya bu — jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oluvchi dahshatli illat. Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi. Inson huquqlari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik qiladi. Hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi.

Коррупция нимадан бошланади? » Жиззах вилояти ҳокимлиги расмий ахборот сайти



📌Korrupsiya deganda barchaning ko‘z oldiga pul bilan bog‘liq munosabatlar
keladi. Afsuski, uning turlari juda ko‘p. Masalan,
1. Pora
2. Maishiy korrupsiya
3. Yashirin pora
4. Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiste’mol qilish
5. Rastrata yo‘li bilan o‘zlashtirish
6. Favoritizm (tanish-bilishchilik)
7. Nepotizm (Qarindoshchilik munosabatlari)
8. Manfaatlar to‘qnashuvi va shu kabi bir qancha turlari mavjud.
🔹Hozirda rivojlangan mamlakatlarda ham korrupsiya bilan bog'liq juda ko‘p jinoyatlarni uchratish mumkin, ammo ular doimiy ravishda korrupsiyaga qarshi kurashib keladi va korrupsiya darajasi kamligi bo'yicha jahon reytingida yuqori
o'rinlarda turadi, Jumladan, Transperensy International xalqaro nohukumat tashkilotining 2020-yildagi statistik ma'lumotlariga ko'ra, korrupsiya darajasi past mamlakatlar reytingida Yangi Zelandiya 1, Daniya 2, Finlandiya, Singapur, Shvetsiya 3-o'rinni egallagan bo‘lsa, Markaziy Osiyo davlatlaridan Qozog'iston 94, Qirg'iziston 124, O'zbekiston 146-o'rinni egallagan . Hech bir davlat korrupsiyadan, uning zararli oqibatlaridan to‘liq himoya qilinmagan. Shu sababli har bir davlat qonunlarida korrupsiyaga qarshi kurash eng dolzarb va muhim masalalardan biri sifatida e'tirof
etiladi.
🔹O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210 - 211 moddalarida korrupsiyaviy holatga yo'l qo'yganlar uchun quyidagi javobgarlik belgilab qo'yilgan. Pora olish, ya’ni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mansabdor shaxsining o‘z xizmat mavqeyidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo‘lgan muayyan harakatni pora berayotgan shaxsning manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga shaxsan o‘zi yoki vositachi orqali qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoxud mulkiy manfaatdor bo‘lishi, bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum etilgan holda ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 
Pora olish:
a) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 211 yoki 212-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan;
b) ko‘p miqdorda;
v) tamagirlik yo‘li bilan;
g) bir guruh mansabdor shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Pora berish:
a) juda ko‘p miqdorda;
b) uyushgan guruh manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.