Boshqarmada Ochiq eshiklar kuniga bag`ishlangan tadbir o`tkazildi.
8- dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kuni va “9-dekabr Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” ga bag‘ishlangan Aksilkorrupsiya oyligi doirasida o‘tkaziladigan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda viloyat boshqarma boshlig`i, yuristkonsulti, kadrlar bo`limi, bo`lim va laboratoriya ishchi xodimlari va Xorazm viloyati Jinoiy ishlar bo‘yicha sudining sudyasi A.S.Aminovlar qatnashdi.

Majlisni viloyat SEO va JSBoshqarma boshlig‘i M.R.Samandarov ochib berdi va so‘z navbatini SEO va JSB yuristkonsulti Sh.Avaezmuratovga berdi, korrupsiya sodir etgan kishilarga qaysi modda va qanday jazolar qo‘llanilishi va manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi. Keyingi navbatni Xorazm viloyati Jinoiy ishlar bo‘yicha sudining sudyasi Aminov Akbar Sultanovichga berdi.

A.Aminov 1992-yil 8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun! Bosh qomusimiz - xalqimiz irodasini o‘zida ifoda etib, mamlakatimiz mustaqilligi, huquq va erkinliklarimiz, burch va majburiyatlarimizning qonuniy asosi, mustahkam kafolatidir.
Uning har bir moddasida milliy va umuminsoniy qadriyatlar, xalqimiz manfaatlari aks etgan bosh qomusimizni o‘rganish, uning moddalarini o‘z hayotiga tadbiq etish har bir fuqaroning burchidir, deb O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining kelayotgan 32-yillik bayrami munosabati bilan tabriklab O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 93-95-109-115-moddalari to‘g‘risida gapirib berdi.
Bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashish mamlakatimizda jamiyat va davlatning birlamchi umumiy maqsadiga aylandi. Shu munosabat bilan xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kunini nishonlash yurtimiz taraqqiyoti uchun muhim qadamlarni ifodalaydigan kun hisoblanadi deb davra suhbatini yakunladi. Ishchi xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar berib o‘tdi.