Korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida targ‘ibot va tushuntirish ishlari o`tkazildi.
Joriy yilning 19 fevral kuni boshqarma boshlig`i o`rinbosari Sh.Otajanov va boshqarma yuristkonsulti boshchiligida boshqarma ishchi xodimlariga “Korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusida targ‘ibot va tushuntirish ishlari yuzasidan seminar o`tkazildi.Boshqarma yuristkonsulti Sh.Avezmuratov: xodimlarga korrupsion holatlarning oldini olish, ularning salbiy oqibatlari, qabul qilingan yangi qonun normalari, ko‘rilayotgan choralar haqida batafsil to‘xtaldi Shuningdek Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilikning vazifalari Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilik inson va jamiyat farovonligi yo‘lida fuqarolarning huquq va erkinliklarini, mulkni, davlat va jamoat tartibini, tabiiy muhitni muhofaza qilishni, ijtimoiy adolat va qonuniylikni ta’minlashni, ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarning o‘z vaqtida va ob’ektiv ko‘rib chiqilishini, shuningdek bunday huquqbuzarliklarning oldini olishni, fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etish ruhida tarbiyalashni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘yadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6 iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtiroqini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6257-son Farmoniga muvofiq hamda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishini samarali tashkil etish maqsad vazifalari xaqida tushuntirib o`tildi.
O'zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik


