10фев

“Quturish kasalligini oldini olishda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar, muammolar va ularni bartaraf qilish choralari” mavzusida seminar o‘tkazildi.

 “Quturish kasalligini oldini olishda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar, muammolar va ularni bartaraf qilish choralari” mavzusida












 Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi  Xorazm viloyati boshqarmasi majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-iyuldagi 202-sonli qarorini ijrosini ta’minlash maqsadida “Quturish kasalligini oldini olishda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar, muammolar va ularni bartaraf qilish chora- tadbirlari” mavzusida seminar o‘tkazildi. Seminar o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, aholining barcha qatlamlarini quturish kasalligi va uning oqibatlarini oldini olish to‘g‘risidagi bilim va ko‘nikmalarini, kasallikka qarshi kurashish tadbirlarining samaradorligini oshirish, quturish kasalligiga qarshi kurashishning dolzarb ahamiyatini keng jamoatchilikka уetkazishdan iborat bo‘ldi.Tadbir davomida mahalla fuqaro yig‘inlari tomonidan it saqlovchi fuqarolar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z vaqtida veterinariya idoralariga taqdim etish, veterinariya xizmati tomonidan it saqlovchi xonadonlarni xatlovdan o’tkazib, itlarni quturish kasalligiga qarshi emlash ishlarini to’liq olib borish, shahar, tuman obodonlashtirish boshqarmalari qoshida tashkil qilingan qarovsiz hayvonlarni tutish bo’limi tomonidan daydi hayvonlarni tutish va zararsizlantirish tadbirlarini sifatli olib borish hamda “Quturish kasalligi va uning profilaktikasi” mavzusida mahallalarda, idora, tashkilot va muassasalarda suhbatlar tashkil etish va profilaktik targ‘ibot ishlarini kuchaytirish kabi masalalar muhokama etildi.
Quturish kasalligi virus keltirib chiqaradigan kasallik bo‘lib, u yovvoyi tabiatda – bo‘rilar, chiyabo‘rilar, tulkilar, yonotsimonlarda uchraydi. Shu bilan bir qatorda, itlarda ham mazkur virus borligi aniqlangan. Agar kasallikka qarshi chora ko‘rilmasa, o‘z navbatida itlar virusni odamlarga yoki boshqa uy hayvonlariga yuqtirishlari mumkin. Shu sababli itlarni bog‘liq holda saqlash va o‘z vaqtida emlatish muhim ahamiyatga ega.
Tahlillarga ko‘ra, quturish kasalligi aksariyat hollarda fuqarolarning it saqlash qoidalariga rioya etmasliklari oqibatida, hayvonlar bilan munosabatda ehtiyotsizlikka yo‘l qo‘yishi, jabrlanuvchilarni quturishga qarshi emlash uchun antirabik yordam xizmatiga o‘z vaqtida murojaat qilmasliklari va tegishli xizmatlar tomonidan уetarli darajada faoliyat olib bormayotganligi tufayli kelib chiqmoqda.Bu kabi tadbirlarni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad aholi salomatligini muhofaza etish, belgilangan qoidalarga amal qilish muhimligini yana bir bor eslatishdan iboratdir.