22авг
BOSHQARMA XODIMLARI KORONАVIRUSGA QARSHI BUSTER DOZADA EMLANDILAR
BOSHQARMA XODIMLARI KORONАVIRUSGA QARSHI BUSTER DOZADA EMLANDILAR
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti dunyoda koronavirus pandemiyasini batamom tugatish uchun aholini koronavirusga qarshi emlash bilan to‘liq qamrab olish, immunitet mustahkamligini ta’minlash uchun har olti oyda bir marta emlanishni tashkil qilish eng to‘g‘ri yo‘l ekanligini tavsiya qilmoqda.


Respublikamizda ham koronаvirusga qarshi buster dozada aholini 4-6 oydan qayta emlash jarayonini boshlashaga ko‘rsatma berilgan bo‘lib, bugun Xorazm viloyati xalq ta’limi boshqarmasi xodimlari koronavirusga qarshi buster dozada emlandilar.


Viloyat xalq ta’limi tizimidagi umumta’lim maktablari, maktab-internatlari va boshqa muassasalarda xizmat qilayotgan barcha xodimlarni koronavirusga qarshi buster dozada emlash bilan to‘liq qamrab olish, buster dozada emlanganiga 4-6 oy bo‘lgan xodimlarni qayta emlashni tashkil qilish rejalashtirilgan.
Barcha xalq ta’limi tizimi xodimlarini mazkur jarayonda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz!