02апр
Mart oyining so‘nggi kunida yurtimizda yana 38 nafar kishida koronavirus aniqlandi
2022 yil 31 mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 237787 (+38) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
1 nafari Andijon viloyatida,
1 nafari Namangan viloyatida,
1 nafari Samarqand viloyatida,
1 nafari Farg‘ona viloyatida,
12 nafari Toshkent viloyatida,
22 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
Farg‘ona viloyatida 1 nafar,
Xorazm viloyatida 3 nafar,
Toshkent viloyatida 15 nafar,
Toshkent shahrida 6 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 235618 (+25) nafarga etdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 99 foizni tashkil etmoqda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.