Xiva tumani Qumyap mahallasida “mahallabay” tizimi asosida profilaktik tadbirlar o‘tkazildi



Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan aholi salomatligini muhofaza qilish hamda sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlashga qaratilgan “mahallabay” tizimi asosida hududlarda kompleks profilaktik tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.Navbatdagi tadbirlar Boshqarmaning Xiva tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan Xiva tumani Qumyap mahallasida tashkil etildi.
Tadbirlar davomida aholi o‘rtasida yuqumli, yuqumli bo‘lmagan va parazitar kasalliklarning oldini olish, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etish hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borildi.
Shuningdek, mahallada joylashgan 15-son maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari gijja parazitlarini aniqlash maqsadida laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tkazildi. Mahalla aholisi uchun bepul tibbiy ko‘riklar tashkil etilib, mutaxassis shifokorlar tomonidan zarur tavsiyalar berildi hamda profilaktik targ‘ibot materiallari tarqatildi.
Bundan tashqari, mahallada sanitariya holatini yaxshilash va yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish maqsadida dezinfeksiya ishlari amalga oshirildi.
Mazkur tadbirlar aholi salomatligini mustahkamlash, kasalliklarning barvaqt oldini olish hamda hududlarda sanitariya-epidemiologik barqarorlikni ta’minlashga xizmat qilmoqda. “Mahallabay” tizimi doirasidagi amaliy ishlar Xorazm viloyatining barcha hududlarida izchil davom ettirilmoqda.

