Mahallalarda aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilmoqda
Yurtimizdagi mavjud epidemiologik holat inobatga olinib, respublika maxsus komissiyasining qaroriga ko‘ra, bugungi kunda Xorazm viloyatida ham COVID-19 ga qarshi aholini o‘zlari biriktirilgan birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalarida ixtiyoriy ravishda emlash ishlari olib borilmoqda.
Ayni paytda ushbu xastalikka qarshi kurashish va undan samarali davolanishning yo‘li vaktsinatsiya jarayoni ekanligi inobatga olinib, aholi o‘rtasida emlashda faol ishtirok etish bo‘yicha hududiy bo‘linmalar, o‘rta-ta’lim maktablari hamda Shovot tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo‘limi xodimlari tomonidan jamoatchilik eshituvlari tashkil etildi.
Ushbu tadbirda aholini vaktsina bilan emlash jarayonlari va holati, fuqarolarning vaktsinaga bo‘lgan munosabati va jamoatchilik monitoringi natijasida aniqlangan kamchiliklar muhokama etildi. Shuningdek, xastalikka qarshi kurashish va undan samarali davolanishning yo‘li vaktsinatsiya jarayonining muhimligi to‘g‘risida aholiga tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borilib, emlash jarayonida faol qatnashish kerakligi ta’kidlandi.
Xorazm viloyati SEO va JSX boshqarmasi matbuot xizmati
▶️https://t.me/xorazmseojsx
▶️ http://www.xorazm-seojsx.uz