21 oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni
21 oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni
Dunyo xalqlari va millatlarining madaniy o‘zagi va asosiy muloqot manbai bu ularning milliy tili hisoblanadi. Shunday ekan har bir tilning saqlanishi hamda yosh avlodga yetkazilishi, xalq taraqqiyoti va uning kelajagini belgilaydi. Birgina til ko‘plab xalqlarni o‘zaro birlashtiradi, tarbiyalaydi, o‘qitadi, urf-odat, an’ana va madaniyatlarini saqlaydi, uni avloddan avlodga o‘tishini ta’minlaydi.Bugun har bir inson o‘zining yoshi, jinsi, e’tiqodi, kasb-kori, lavozimi va yashash joyidan qat’i nazar, milliy o‘zligimiz va g‘ururimiz timsoli bo‘lgan ona tilimizni asrab-avaylash va rivojlantirishdek sharafli ishga o‘z hissasini qo‘shmog‘i lozim. Zero, davlatimiz Rahbari ta’kidlaganidek, o‘zbek tiliga bo‘lgan munosabat, mustaqillikka bo‘lgan munosabat hisoblanadi.
O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi muborak bo‘lsin aziz yurtdoshlar!