26мар

Xorazm viloyatining chekka hududlarida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda

Tuproqqal’a tuman Tuproqqal’a maskani hamda Sarimay-Nukus aholi punktlarida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Xorazm viloyati  boshqarmasi va  viloyat Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari tomonidan ushbu maskanda yashovchi aholi, chorvachilik fermer xo‘jaligi rahbarlari va ishchilari, maktab o‘qituvchilari, MTT xodimlari va tibbiyot xodimlari ishtirokida zooantropanoz o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar (Qrim-Kongo gemorragik isitma, quturish, brusellyoz va kuydirgi) profilaktikasi bo‘yicha bir qator tadbirlar amalga oshirildi va yirik va mayda shoxli hayvonlarni kuydirgi kasalligiga emlash ishlari o‘tkazildi. 
 
Shuningdek, chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi fuqarolarga zooantropanoz kasallikni oldini olish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi va ushbu hududda foliyat olib boruvchi oilaviy   shifokorlik punkti tibbiyot xodimlariga aholiga ushbu kasalliklar bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borishlari to‘g‘risida topshiriqlar berildi.
 
❇️ Ushbu tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad tuman hududida QKGI, quturish, brusellyoz va kuydirgi kasalliklarining oldini olish uning xavf manbai va omillarini bartaraf etish ishlarini samaradorligini oshirish.