12май

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 14-oktabrdagi “Davlat fuqoralik xizmatchilari tamonidan odob-ahloq qoidalariga rioya etishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarida” to`g`risidagi №595-sonli qarori haqida.

Joriy yilning 12 may kuni boshqarma majlislar zalida boshliq o`rinbosari G`.Shokirov boshchiligida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining Davlat fuqoralik xizmatchilari tomonidan odob-ahloq qoidalariga rioya etishilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar qarorini ijrosi bo`yicha seminar o`tkazildi.
 1. Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari davlat fuqarolik xizmatchilarining kasbiy madaniyati, xizmat faoliyati davomida hamda xizmatdan tashqari vaqtda odob-ahloqi, tashqi ko‘rinishi va kiyinish uslubining namunaviy qoidalarini belgilaydi.
Odob-ahloq qoidalari davlat xizmatida yuksak kasbiy madaniyatni shakllantirish, jamoatchilik ongida davlat xizmatiga bo‘lgan hurmat va ishonchni oshirish hamda davlat xizmatchilarining ahloq qoidalariga zid bo‘lgan xatti-harakatlarining oldini olishga qaratilgan.
2. Davlat xizmatchilari o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi shart:
Qonuniylik;
Vatanga sadoqat va xizmat vazifasiga fidoyilik, yuklangan funksional vazifalarini to‘liq bajarish, ijro intizomiga qat’iy rioya etish;
Fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;
Davlat va jamiyat manfaatlariga sodiqlik;
Adolatlilik, halollik va xolislik;
Korrupsiyaviy holatlarga murosasiz munosabatda bo‘lish va qarshi kurashish;
Xizmat sirini qat’iy saqlash;
Mansab vakolatlarini suiste’mol qilmaslik;
Manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik.
3. Davlat xizmatchilari mehnat faoliyati davomida va ishdan tashqari vaqtda xulq-atvorning quyidagi umumiy qoidalariga amal qilishi lozim:
Davlat xizmatining obro‘siga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan xatti-harakatlardan tiyilish, axloq normalariga doimiy rioya qilish;
mas’uliyat, kasbiga sadoqat va halollikni kundalik shiorga aylantirish;
murakkab vazifalarni bajarishda hamkasblariga ko‘maklashish;
xushmuomalalik, e’tiborlilik va hushyorlik bilan fuqarolarda davlatga nisbatan ishonch va hurmat hissini uyg‘otish;
oilasida sog‘lom muhitni ta’minlab, oila a’zolariga doimiy g‘amxo‘r bo‘lish, farzandlarida vatanparvarlik va boshqa yuksak axloqiy fazilatlarni shakllantirish;
fuqarolarning ijtimoiy kelib chiqishi, iqtisodiy ahvoli va boshqa omillardan qat’i nazar, ular bilan bir xil, samimiy, odob doirasida munosabatda bo‘lish;
jamiyatda axloqning umum e’tirof etilgan qoidalariga amal qilish bo`yicha ma`sul xodimlar tomonidan o`qib eshittirildi.