Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Xorazm viloyati boshqarmasi hamda Xorazm viloyati IIB JXX JTSB karantin tadbirlarini ta’minlash guruhi xodimlari, veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi hamkorligida belgilanmagan joylarda sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan, sanitariya qoidalariga rioya qilmasdan muzqaymoq, yaxna ichimliklar, poliz mahsulotlari bilan noqonuniy savdo qilayotgan fuqarolar bo‘yicha nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

O‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida fuqaro va tadbirkorlar bilan savdo qoidalarini buzib muzqaymoq, uy sharoitida tayorlangan salqin ichimliklar, veterinariya ekspertizasidan o‘tmagan, sifatini tasdiqlovchi xujjatlari bo‘lmagan poliz mahsulotlarini sotmaslik haqida profilaktik tushuntirish ishlari o‘tkazilib, tegishli ogohlantirishlar berildi. Xususan, sanitariya qoidalariga rioya qilmasdan "Andijon muzqaymog‘i" sotayotgan 3 nafar fuqaroga nisbatan ma’muriy choralar qo‘llanilib, 15 kg muzqaymoq savdodan oldirildi.

Aziz yurtdoshlar, o‘zingiz va yaqinlaringiz sog‘ligiga befarq bo‘lmang! Faqat sifati kafolatlangan, saqlanish qoidalariga rioya qilingan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishingizni so‘raymiz!
