05июн

Xorazm viloyat san-epid boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlariga 2025 yilning 5 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar to‘g‘risida ma`lumot.

 
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Xorazm viloyat boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlarga 2025 yilning 5 oy davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlari  to‘g‘risida 
MA’LUMOT 
 
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Xorazm viloyat boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlariga  jismoniy va yuridik shaxslardan 2025 yilning dastlabki 5 oyi davomida jami 102 ta murojaat kelib tushgan.  
Murojaatlarning 51 tasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual va xalq qabulxonalari orqali, 21 tasi yozma va 30 tasi og‘zaki kelib tushgan.  
Ko‘rib chiqilgan murojaatlarning 62 tasi ijobiy hal etilgan yoki huquqiy ma’lumot berish orqali qanoatlantirilgan, 19 tasi murojaatga umumiy mazmundagi tushuntirishlar berilgan, 19 tasi tegishliligi bo‘yicha boshqa idora tashkilotlarga yuborilgan, 2 ta murojaat takroriy, anonim bo‘lganligi yoki muallifning qayta murojaatiga ko‘ra ko‘rmasdan qoldirilgan. 
 
Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasining "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida" gi Qonunning 9-moddasiga asosan, ya’ni Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish tartibi bo‘yicha  Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Xorazm viloyat boshqarmasi rahbariyati tomonidan 2025 yilda tuman(shaxar)larda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari uchun tashkil etiladigan sayyor qabul grafigi ishlab chiqilgan.
 
Grafikga asosan, 2025 yilning o‘tgan davrida jami 12 murojaat ko‘rib chiqilgan. Jumladan sayyor qabullar Urganch shahar, Qo‘shko`pir, Tuproqqal’a, Gurlan va Xonqa tumanlari markazlaridan uzoq hududlarda yashovchi fuqarolari bilan o‘tkazilgan. Xar bir murojaat tinglanib qo‘yilgan massalalar o‘rganilgan va  joyida ijobiy xal etish choralari ko‘rilgan.