12фев

San-Epid boshqarma tomonidan Gurlan tuman tibbiyot birlashmasida rejali tekshiruv o`tkazildi.

➡️  Xorazm viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi bilan kelishilgan reja-jadval asosida San-Epid boshqarmasi tomonidan Gurlan tuman tibbiyot birlashmasida Gurlan tumani aholisiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati va havfsizligi, statsionar sharoitda davolanayotgan bemorlarga yaratilgan shart-sharoitlar, 15 ta dieta stoli orqali ularga tayyorlanayotgan issiq ovqatlarning sifati hamda shifoxona sharoitida qon orqali yuqadigan yuqumli kasalliklarni cheklash bo‘yicha sanitariya-epidemiologik nazorat tadbirlari olib borildi.
✅  Nazorat tadbirlarida birinchi navbatda bemorlar uylariga tez sog‘ayib ketishlari uchun shifoxonada malakali tibbiy xizmat sifatini yaxshilash, mavjud muammo va kamchiliklarni erta aniqlash va bartaraf etish pirovard maqsad etib belgilandi.
💬  Inson salomatligiga jiddiy zarar keltiradigan noto‘g‘ri tibbiy muolaja va maslahatlar, sanitariya-gigiena va epidemiyaga qarshi tadbirlarning qo‘pol buzish holatlariga yo‘l qo‘ygan tibbiyot xodimlariga nisbatan qonuniy choralar ko‘rildi.