18фев

Yangiariq tuman tibbiyot birlashmasida maxsus-taktik o’quv mashg’uloti o’tkazildi

Xorazm viloyat hokimi – fuqaro muhofazasi boshlig’ining 2026 yil 9-fevraldagi  buyrug’iga asosan  Yangiariq tuman tibbiyot birlashmasida Xorazm viloyati San-Epid boshqarma, viloyat Sogliqni saqlash boshqarmasi, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Ichki ishlar boshqarmasi jamoat tartibini saqlash va karantin tadbirlarini ta’minlash guruhi hodimlari, viloyat Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi hamda shahar va tuman Obodonlashtirish boshqarmasi masul xodimlari ishtirokida  “Odamlar va hayvonlar o’rtasida quturish kasalligi tarqalishining oldini olishda FVDT quyi xizmatlarininh hamkorlikdagi harakati” mavzusida seminar va maxsus-taktik o’quv mashg’uloti o’tkazildi.
Mashg`ulotni o`tkazishdan asosiy maqsad fuqarolarning uy hayvonlarini saqlash qoidalariga rioya qilishni targ`ib qilish, odamlar va hayvonlar o`rtasida quturish kasalligini oldini olish, fuqoralar hayvonlardan jabrlanganida tegishli tashkilotlar tomonidan birlamchi yordam ko`rsatishni to`g`ri tashkil qilish, uy hayvonlarini to`g`ri parvarishlash va  veterinariya xizmati tomonidan emlash ishlarini tashkillashtirish, qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish va kerakli tadbirlarni o`tkazish asosiy maqsad qilib olindi. Mashg`ulot yakunida ishtirokchilarga quturish kasalligi profilaktikasi to`g`risida eslatma va tarqatma materiallar taqdim qilindi.