RASMIY MUNOSABAT !!!
- ---
- 52 marta o'qildi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Хонқа СЕС даги ҳолат ўрганилиши керак” sarlavhali material bo‘yicha tegishli o‘rganishlar olib borildi.
Xususan, Xorazm viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi Xonqa tuman bo‘limining kadrlar inspektori D.I. ning ish sharoitiga nisbatan noroziligi bo‘yicha tuman SEO va JS bo‘lim rahbariyatiga murojaat qilindi. Murojaat asosida D.I. ga ushbu lavozim oylik maoshidan uncha farq qilmaydigan boshqa lavozimlarda ishlash taklif qilindi (jumladan, Pullik xizmat ko‘rsatish bo‘limi g‘aznachisi, Pullik xizmat ko‘rsatish bo‘limining dezinfeksiya tadbirlari dezinfektori).
Shuningdek, D.I.ning ish kabinetida qulay mehnat sharoitlari yaratildi va zarur jihozlar bilan jihozlandi. Bo‘lim haydovchisi S.B ga esa bo‘limning soqchilar va haydovchilar uchun tuman bo‘limi binosiga kirish qismida alohida xona ajratilib, tegishli shart-sharoitlar bilan ta’minlandi.
Shu bilan birga, o‘tkazilgan suhbatlar davomida rahbariyat tomonidan xodimlarga nisbatan bosim o‘tkazilishi yoki xodimlar orasida ichki muhit buzilishi yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda bayon qilingan holatlar o‘z isbotini topmaganini ma’lum qilamiz.
O'zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik


