Xorazm viloyatida tibbiyot xodimlari va kasaba uyushmasi a’zolari o‘rtasida o‘tkazilgan “Sog‘liqni saqlash vaziri va kasaba uyushmasi raisi kubogi — 2026” sport musobaqasining viloyat bosqichida Xorazm viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi xodimlari munosib natijaga erishdilar.
Musobaqaning erkaklar va ayollar o‘rtasidagi stol tennisi bahslarida boshqarma xodimlari faxrli ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, o‘zlarining sport mahorati, chaqqonligi va g‘alabaga bo‘lgan intilishini namoyon etdilar.
Ushbu yutuq xodimlarning jismoniy faolligi, qat’iyati va jamoaviy hamjihatligining amaliy ifodasidir.
Mamlakatimizda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, aholi salomatligini mustahkamlash va jismoniy faollikni oshirishga qaratilayotgan e’tibor doirasida bunday musobaqalar muhim ahamiyat kasb etadi.

