SILGA KASALLIGI TARQALISHINI OLDINI OLISHGA QARATILGAN TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Xorazm viloyati boshqarmasi, majlislar zalida sil kasalligini oldini olish borasida seminar o‘tkazildi. Unda VSSB bosh mutaxassisi A. Iskandarov, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasning Xorazm viloyati boshqarmasi o‘rinbosari Sh.Otajanov, shuningdek tuman/shahar ftizitarlari, pulmonloglari, epidemiologlari va tuman kordinatorlari ishtirok qildilar.
Tadbirda Xorazm viloyatida ftiziatriya va pulmonologiya kasalligining ko‘rsatkichlari va uning oqibatlari tahlil qilindi.
Viloyat ftiziatriya va pulmonologiya markazi direktori Mavlonbek Polvonov kun tartibidagi masala yuzasidan ko‘rgazmali ma’ruza qildi. Ma’ruzachi o‘z so‘zida keyingi yillarda mazkur kasalliklar bilan kasallanish ko‘rsatkichlari, unga qarshi olib borilayotgan sa’y-harakatlar, bu jarayonda birlamchi tibbiyot muassasalari mutaxassislari oldida turgan dolzarb vazifalar, markaz mutaxassislari va tuman/ shahar ftizitarlari, pulmonologlarining hamkorlikda olib borayotgan chora-tadbirlari haqida to‘xtaldi. Seminar so‘ngida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar oldilar.