28июл
O‘zaro hamkorlik mustahkamlandi
⚖ O‘zaro hamkorlik mustahkamlandi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Xorazm viloyat boshqarmasida “Adolat” sotsial demokratik partiyasi Xorazm viloyat Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Xorazm viloyat boshqarmasi bilan memorandum tuzishga qaratilgan davra suhbati tashki etildi. Memorandumni tuzishdan asosiy maqsad-tomonlarning hamkorlikda o‘z vakolatlaridan kelib chiqib, fuqarolarning siyosiy huquqlari, shuningdek, saylov huquqlariga oid normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini hamkorlikda keng jamoatchilikka yetkazish, «O‘zbekiston — 2030» strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, xususan, fuqarolik jamiyati hamda tibbiyot tashkilotlari ishtirokida fuqarolarimizning huquqlarini ishonchli ta’minlash, aholi, ayniqsa o‘sib kelayotgan yosh avlod o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollikni oshirish, aholi salomatligini muhofaza qilish tushunchalarini hayot tarziga singdirib borish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini amalga oshirish, shuningdek, sohani rivojlantirishda yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirish uchun O‘zbekiston “Adolat” SDPning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi fraksiyasi orqali taklif va tavsiyalar kiritishda birgalikda faoliyat yuritish va boshqa shu kabi masalalarda niborat bo‘ldi. Davra suhbat davomida yetakchilar kelgusida hamkorlikni mustahkamlash orqali mamlakatimizda inson qadri tamoyilini yanada yuksaltirishga kelishib olindi.
