“Mahallabay” ish tizimi doirasida aholi salomatligini saqlashga qaratilgan targ‘ibot ishlari olib borilmoqda
“Mahallabay” ish tizimi doirasida aholi salomatligini saqlashga qaratilgan targ‘ibot ishlari olib borilmoqda
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi bilan bog‘liq muammoli masalalarni hal etishning yangicha — “mahallabay” ish tizimi joriy etilib, bu yo‘nalishda amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Shu doirada boshqarmaning Gurlan va Shovot tuman bo‘limlari mutaxassislari tomonidan aholiga yuqumli va yuqumli bo‘lmagan kasalliklar, parazitar hamda gripp va O‘RVI kasalliklarining oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Tadbirlar davomida yuqumli va parazitar kasalliklar, ovqatdan zaharlanishlar, jumladan, botulizm, gripp va O‘RVI kasalliklarining kelib chiqish sabablari, ularning oldini olish choralari hamda profilaktikasi haqida aholiga batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, mazkur kasalliklarga xos klinik belgilar, davolash usullari va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan profilaktik tadbirlar yuzasidan mutaxassislar tomonidan tushuntirish ishlari olib borilib, targ‘ibot materiallari ham tarqatildi.
O'zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik


