Juma – Milliy liboslar kuni
Juma – Milliy liboslar kuni
Ma’lumki, haftaning har juma kuni mamlakatimizda “Milliy liboslar kuni” sifatida nishonlanadi. Ushbu tashabbus milliy qadriyatlarimizni targ‘ib qilish, an’analarimizni asrab-avaylash hamda milliy liboslarimizning kundalik hayotdagi o‘rnini mustahkamlashga qaratilgan.
Mazkur tashabbus doirasida Xorazm viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi hamda barcha tuman va shahar bo‘limlari xodimlari ham faol ishtirok etmoqda. Har juma kuni xodimlarning milliy liboslarda ish joylariga tashrif buyurishi jamoalarda milliy ruh, birdamlik va ko‘tarinki kayfiyatni mustahkamladi. 
Ayol xodimlar atlas va adras kabi milliy matolardan tayyorlangan liboslarda, erkaklar esa do‘ppi va milliy uslubdagi kiyimlarda faoliyat yuritib, ish muhitiga go‘zallik, milliy an’ana va ezgu qadriyatlar ruhini olib kirdi. Milliy liboslar nafaqat estetik ko‘rinish, balki xalqimizning boy tarixiy-madaniy merosini ifoda etadi.
O'zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik


