Gurlan tumanida odob-axloq va korrupsiyaga qarshi kurash masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi
Gurlan tumanida odob-axloq va korrupsiyaga qarshi kurash masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi Xorazm viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi Gurlan tuman bo‘limida xodimlar ishtirokida odob-axloq qoidalariga rioya etish hamda korrupsiyaning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. Tadbirni boshqarma ichki komplaens nazorati va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mas’ul xodim Ravshanbek Jumaniyazovich Vaisov olib bordi. Seminar davomida davlat xizmatchilari uchun halollik, mas’uliyat va fidoyilik asosiy mezonlardan biri ekani alohida ta’kidlandi. Shuningdek, xodimlarning xizmat faoliyatida odob-axloq me’yorlariga qat’iy rioya etishi, fuqarolar bilan muomala madaniyatini yuksak darajada saqlashi, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymasligi hamda korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lishi yuzasidan tushuntirishlar berildi. Shu bilan birga, Vazirlar Mahkamasining 595-sonli qarorining mazmun-mohiyati ham xodimlarga tushuntirildi. Yig‘ilish yakunida jamoada sog‘lom ish muhitini mustahkamlash, qonuniylikka rioya etish, shaffoflikni ta’minlash hamda har bir xodim o‘z xizmat vazifasini vijdonan bajarishi bugungi kunning muhim talabi ekani qayd etildi.


O'zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik


