Barcha yangiliklar RSS

Boshqarma haqida

“Rahbar va yoshlar” — ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

“Rahbar va yoshlar” — ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

Mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va salohiyatini ro‘yobga chiqarish, davlat organlarida faoliyat yuritayotgan yosh xodimlarning kasbiy rivojlanishini ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida har payshanba kuni ochiq muloqotlar tashkil etib kelinmoqda.


Navbatdagi uchrashuv Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.R. Samandarov ishtirokida boshqarmaning yosh xodimlari bilan “Rahbar va yoshlar” mavzusida bo‘lib o‘tdi.
Ochiq muloqot samimiy va erkin muloqot ruhida tashkil etilib, unda yosh xodimlarning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslari tinglandi. Ularni qiziqtirayotgan masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashilib, amaliy takliflar muhokama qilindi.


Uchrashuv davomida yosh mutaxassislarning kasbiy mahoratini muntazam oshirib borish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash, xizmat faoliyatida mas’uliyat, halollik va fidoyilik tamoyillariga sodiq bo‘lish, xizmat intizomi hamda kasb odob-axloqi qoidalariga qat’iy rioya etish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Shuningdek, jamoat salomatligini mustahkamlash yo‘lida olib borilayotgan islohotlarda yoshlarning faol ishtiroki, tashabbuskorligi va innovatsion yondashuvlari muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlandi.Shu bilan birga, yoshlarning murojaat va takliflarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda malakali kadr sifatida shakllanishiga ko‘maklashish boshqarma faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani qayd etildi.
27-07-2026, 15:00
Ko'rishlar: 30
Sahifani chop etish