Barcha yangiliklar RSS

Boshqarma haqida

Odob-axloq, halollik va korrupsiyaga qarshi kurash — davlat xizmatining ustuvor tamoyillari

Odob-axloq, halollik va korrupsiyaga qarshi kurash — davlat xizmatining ustuvor tamoyillari




Xorazm viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 595-sonli “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida amaliy seminar tashkil etildi.

Seminar Xorazm viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi boshlig‘i M. Samandarov boshchiligida o‘tkazildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga mazkur qarorning mazmun-mohiyati, davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalari hamda xizmat faoliyatida qonuniylik, halollik, xolislik, mas’uliyat va xizmat intizomiga qat’iy rioya etishning ahamiyati yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.Shuningdek, davlat xizmatida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, xizmat vakolatlaridan shaxsiy manfaatlar yo‘lida foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik, ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga qat’iy amal qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Seminar davomida odob-axloq qoidalariga rioya etish, halollik va yuksak kasbiy madaniyatni qaror toptirish korrupsiyaning oldini olishning eng muhim omillaridan biri ekani ta’kidlandi. Tadbir yakunida ishtirokchilarning mavzu yuzasidan fikr-mulohazalari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
28-07-2026, 10:48
Ko'rishlar: 32
Sahifani chop etish