Urganch tumanida o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarning oldini olish bo‘yicha maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi
Mashg‘ulotda Qrim-Kongo gemorragik isitmasi, quturish, kuydirgi, botulizm va ovqatdan zaharlanish holatlarining oldini olish, xavf omillarini bartaraf etish hamda epidemiologik vaziyatni nazorat qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir davomida xavfli kasalliklar aniqlangan taqdirda mas’ul bo‘limlarning o‘zaro hamkorlikda harakat qilishi, maxsus himoya vositalaridan to‘g‘ri foydalanish va profilaktik chora-tadbirlarni samarali tashkil etish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar mustahkamlandi.
Shuningdek, kasalliklarning hududga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish, aholi o‘rtasida sanitariya-ma’rifiy targ‘ibot ishlarini kuchaytirish hamda idoralararo hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha zarur vazifalar belgilab olindi.Bunday amaliy o‘quv mashg‘ulotlari aholi salomatligini muhofaza qilish, sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash va xavfli vaziyatlarga tayyorgarlik darajasini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

