18апр

UMUMIY MA'LUMOTLAR

O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati (keyingi o‘rinlarda — Sanitariya-epidemiologiya xizmati) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligini, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari va mas'uliyatini belgilaydi.
 Sanitariya-epidemiologiya xizmati aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish uchun javobgar bo‘lgan vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.

Sanitariya-epidemiologiya xizmati o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
 Sanitariya-epidemiologiya xizmati va uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmalari, tuman (shahar) sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limlari, shuningdek, uning tarkibiga kiradigan tegishli idoraviy mansub tashkilotlar yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga egalik qilish huquqiga ega.