Xorazm viloyati Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi majlislar zalida boshqarma boshlig‘i M.Samandarov rahbarligida, boshqarma xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 1 apreldagi PQ-133- sonli "Yoqilg‘i -energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishini oldini olish,hamda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni takomillashtirish to‘g‘risida"gi qarorininng mazmuni va mohiyati yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda PQ-133-sonli qaror mazmun-mohiyati tushuntirilib, yoqilg‘i-energiya resurslaridan oqilona foydalanish, energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha yangi talablar xodimlarga yetkazildi.

Ishchi xodimlarga qarorning mazmuni, ahamiyati, muqobil energiyadan foydalanish, quyosh panellari,zamonaviy isitish qurilmalarining afzalliklari bo‘yicha videoroliklar , infografikalar namoyish etildi, va mavzularga oid targ‘ibot materiallari bukletlar tarqatildi.