Korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uni oldini olish mavzusida seminar o‘tkazildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish – barchamizning burchimiz Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan korrupsiyadan holi tizim yaratish borasida tegishli tadbirlar amalga oshirilmoqda.Shu maqsadda, viloyat boshqarmasi va tumanlar bo‘limlarida faoliyat yuritayotgan barcha darajadagi xodimlarning korrupsiyaga nisbatan murosasiz bo‘lishini taʼminlash, o‘z xizmat vazifalarini bajarayotganda korrupsiyaviy xatti-harakatlarda qatnashmaslik va sodir etmasligiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada boshqarma va tuman shahar xodimlari ishtirokida huquqiy targ‘ibot tadbirlari doimiy ravishda o‘tkazilib kelinmoqda.
Bugun Xonqa tumanida o‘tkazilgan navbatdagi yig‘ilishda boshqarma va tuman bo‘limlari xodimlari qatnashdilar.
Unda boshqarma boshlig‘i M.Samandarov ishtirok etib, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida davlat siyosati va uning ustuvor yo‘nalishlari, manfaatlar to‘qnashuvi xamda odob-axloq qoidalari yuzasidan ma’ruzalar qilindi. Ushbu tadbirni o‘tkazishdan maqsad - korrupsiyani oldini olish, xodimlarni korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik va korrupsiya holatlariga keltirib chiqaradigan omillarni bartaraf etishga qaratilgan.