“Manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi
Bugun Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Xorazm viloyati boshqarmasida
“Manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish” mavzusida seminar o‘tkazildi.

Urganch shahar adliya bo‘limi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan seminarni Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari G‘.Shokirov ochib berdi.

Seminarda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida davlat siyosati va uning ustuvor yo‘nalishlari, manfaatlar to‘qnashuvi xamda odob-axloq qoidalari yuzasidan ma’ruzalar qilindi.

Mazkur seminarda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Xorazm viloyati boshqarmasi, mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Seminarni o‘tkazishdan maqsad - manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiyani oldini olish, xodimlarni korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik va korrupsiya holatlariga keltirib chiqaradigan omillarni bartaraf etishga qaratilgan.
27-05-2025, 10:39
Ko'rishlar: 321
Sahifani chop etish