11авг

Xorazm San-Epid boshqarmada ishchi xodimlar o`rtasida Korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida yig`ilish o`tkazildi.

       Joriy yilning 11 avgust kuni viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi binosida  ishchi xodimlar o`rtasida Korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida yig`ilish o`tkazildi. Yig`ilishni boshqarma boshlig‘i vaqtincha vazifa bajaruvchisi Sh.T.Otajanov tomonidan ochib berildi va so‘z navbatini boshqarmaning mas’ul xodimlariga berdi: 
Yig`ilishda korrupsion holatlarning oldini olish, ularning salbiy oqibatlari, qabul qilingan yangi qonun normalari, ko‘rilayotgan choralar haqida batafsil to‘xtaldi Shuningdek Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilikning vazifalari Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilik inson va jamiyat farovonligi yo‘lida fuqarolarning huquq va erkinliklarini, mulkni, davlat va jamoat tartibini, tabiiy muhitni muhofaza qilishni, ijtimoiy adolat va qonuniylikni ta’minlashni, ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarning o‘z vaqtida va ob’ektiv ko‘rib chiqilishini, shuningdek bunday huquqbuzarliklarning oldini olishni, fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etish ruhida tarbiyalashni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘yadi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun ushbu Kodeks qanday harakat yoki harakatsizlik ma’muriy huquqbuzarlik hisoblanishini, ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsga nisbatan qaysi organ (mansabdor shaxs) tomonidan qay tartibda qanaqa ma’muriy jazo qo‘llanilishi va ijro etilishini belgilaydi. Davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari ma’muriy huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning sodir etilishiga olib keluvchi sabablar va sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etishga, fuqarolarni ongli, intizomli bo‘lish, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya qilish ruhida tarbiyalashga yo‘naltirilgan tadbirlar ishlab chiqadilar va ularni amalga oshiradilar. 
        O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6 iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtiroqini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6257-son Farmoniga muvofiq hamda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishini samarali tashkil etish maqsadida:
         1. Ishga qabul qilishni ochiq tanlov asosida amalga oshirish hamda tanlov doirasida o‘tkaziladigan sinov tadbirlarini Internet tarmog‘i orqali real vaqt rejimida kuzatishni nazarda tutuvchi tartib joriy etilishi, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda davlat organlari va tashkilotlarida kadrlar bilan ishlash, xo‘jalik ishlari, moliya-iqtisod bo‘linmalari va nazorat funksiyasiga ega tuzilmalar rahbarlarini muayyan muddatda rotasiya qilish hamda suiiste’molchiliklarning oldini olish bo‘yicha boshqa mexanizmlarni joriy etish yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi.
        2. Adliya vazirligi Bosh prokuratura va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda shu jumladan manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilgan holda tuzilgan shartnomalarni haqiqiy emas deb topish, davlat xizmatchilari tomonidan tadbirkorlik faoliyatida ishtirok etganligining huquqiy oqibatlarini belgilashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
         3. Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari rahbarlari davlat organlari va tashkilotlari tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan birgalikda o‘tkaziladigan ochiq tanlov asosida ishga qabul qilinadi, ularni lavozimidan ozod etish masalasi Agentlik bilan kelishish choralari ko‘rsatilib o‘tilgan.