03ноя

O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-iyundagi “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida” O‘RK-931-sonli qonuni bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-iyundagi
 “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida” O‘RK-931-sonli qonuni bo‘yicha

2025-yil 3-noyabr kuni viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi binosida seminar bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni Xorazm viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi boshlig‘i M. R. Samandarov ochib berdi va so‘z navbatini yuristkonsult Sh. Avezmuratovga taqdim etdi.


Seminar davomida “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi O‘RK-931-sonli Qonun yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. Mazkur qonun O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi tomonidan 2022-yil 25-oktabrda qabul qilingani, Senat tomonidan 2023-yil 1-iyunda ma’qullangani, hamda 2024-yil 5-iyunda qonun sifatida qabul qilinganligi ta’kidlab o‘tildi.



Shuningdek, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, xodimlarning halollik standartlariga rioya etishi, shaffoflikni ta’minlash va korrupsiyaviy holatlarning oldini olish bo‘yicha belgilangan tartiblar yuzasidan tushuntirishlar berildi. Qonunning amaliy qo‘llanilishi hamda mansabdor shaxslar zimmasiga yuklatilgan majburiyatlar bo‘yicha tavsiyalar berildi.