Manfaatlar to‘qnashuvi mavzusida targ‘ibot va tushuntirish ishlari yuzasidan
Joriy yilning 02 fevral kuni boshqarmaning majlislar zalida boshqarma boshlig`i o`rinbosari Sh.Otajanov boshchiligida seminar bo`lib o`tdi.
Seminarda boshqarmaning yuristkonsulti, bo`lim va laboratoriya mudirlari va ma`sul xodimlar ishtirok etishdi. Boshqarma yuristkonsulti Sh.Avezmuratov: xodimlarga “Manfaatlar to‘qnashuvi” murakkab va ko‘p qirrali tushuncha bo‘lib, umum e’tirof etilgan xalqaro hujjatlarda, xorijiy va milliy qonunchilikka asosan davlat boshqaruvi va korporativ faoliyatda korrupsiyaga qarshi kurashish tufayli uchraydi.Yaqin kunlarga qadar “manfaatlar to‘qnashuvi” atamasiga oid yagona tushuncha yo‘q edi, shu bois unga turlicha ta’riflar keltirilganligi xaqida tushuntirdi.
Manfaatlar to‘qnashuvining asosan urug‘aymoqchilik, mahalliychilik, nepotizm, shafelik, kronizm va favoritizm kabi ko‘rinishlari ajratiladi. Bunda, urug‘-aymoqchilik deganda, tashkilot xodimining avlod-ajdodlari bir bo‘lgan, bir sulolaga mansublik asosida uchinchi shaxslarga nisbatan sub’ektiv, imtiyozli va noxolis munosabat shaklidagi shaxsiy manfaatdorligi tushuniladi. Mahalliychilik – shaxsni uning nasliy kelib chiqishi (aslzoda yoki mashhur sulola vakili ekanligi va u jamoatchilik tomonidan e’tirof etilganligi) hamda yaqin qarindoshlarining egallab turgan xizmat mavqei sababli, uning lavozimga qo‘yiladigan malaka talablariga mos kelish-kelmasligini hisobga olmagan holda ishga qabul qilish, rotatsiya qilish va lavozimga tayinlash kabi holatni anglatadi.
Xodimlar o`zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

O'zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik


