Korrupsiyaning oldini olish va xizmat samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi
Korrupsiyaning oldini olish va xizmat samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Xorazm viloyati boshqarmasida korrupsiyaning oldini olish hamda xizmat samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda PF–270 sonli farmon ijrosini ta’minlash, shuningdek, tizimda shaffoflik va ochiqlikni yanada kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. Tadbirda boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Sh.Otajonov hamda ichki komplaens nazorati va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mas’ul xodim Ravshanbek Jumaniyazovich Vaisov ishtirok etib, yig‘ilishga boshchilik qildilar.Mas’ullar o‘z chiqishlarida korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidlab, har bir xodimning xizmat faoliyatida halollik, mas’uliyat va qonunchilikka qat’iy rioya etishi muhim ahamiyatga ega ekanini alohida qayd etdilar.
Yig‘ilish davomida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, odob-axloq qoidalariga rioya etish hamda xizmat jarayonlarida shaffoflikni ta’minlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar muhokama qilinib, berilgan savollarga tegishli javoblar olindi.
O'zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik


