Xorazm viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi boshlig‘i boshchiligida ishchi xodimlar ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashlari tomonidan maqsadli ijtimoiy so‘rov

Seminar davomida mazkur metodologiyaning mazmun-mohiyati, maqsadli ijtimoiy so‘rovlarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi, ularning korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash, mavjud muammolarni tizimli o‘rganish hamda korrupsiyaning oldini olishdagi ahamiyati yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, Yangi O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, davlat organlari faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, xizmat intizomi, kasbiy odob-axloq me’yorlariga qat’iy rioya etish hamda halollik tamoyillarini hayotga izchil tatbiq etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Seminar yakunida xodimlarga xizmat faoliyatida korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, qonunchilik talablariga qat’iy amal qilish hamda o‘z xizmat vazifalarini vijdonan va mas’uliyat bilan bajarish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

