SO‘ROVNOMA:
✅ So‘rovnoma savollari (1–24):
| T/R | Savol | Ha | Yo‘q |
| 1. | Siz yashayotgan hududda sanitariya holatidan qoniqasizmi? | ||
| 2. | Aholiga ko‘rsatilayotgan dezinfeksiya xizmatlaridan mamnunmisiz? | ||
| 3. | Epidemiyalarning oldini olish bo‘yicha mahalliy hokimiyat yoki xizmatlar faoliyatidan xabardormisiz? | ||
| 4. | Jamoat joylarida (bozor, avtotransport, maktab, bog‘cha) tozalik darajasini qanday baholaysiz? | ||
| 5. | Profilaktika choralari (vaksinatsiya, testlar) haqida yetarli ma’lumot beriladimi? | ||
| 6. | Siz yoki oilangizga sanitariya-epidemiologik xizmatlar tomonidan yordam ko‘rsatilganmi? | ||
| 7. | Aholiga tibbiy yordamning tezkorligi va sifati sizni qoniqtiradimi? | ||
| 8. | COVID-19 davrida ko‘rilgan chora-tadbirlar haqida qanday fikrdasiz? | ||
| 9. | Hududingizdagi poliklinikalar, dorixonalar gigiyenik talablariga javob beradimi? | ||
| 10. | Maktab va bog‘chalarda sanitariya holati qanday? | ||
| 11. | Ichimlik suvi sifati va ta’minoti sizni qoniqtiradimi? | ||
| 12. | Axlat va chiqindilar o‘z vaqtida chiqarib tashlanadimi? | ||
| 13. | Insektitsid va dezinfeksiya tadbirlari muntazam o‘tkaziladimi? | ||
| 14. | Aholi orasida yuqumli kasalliklar haqida xabardorlik darajasi qanday? | ||
| 15. | Sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha targ‘ibot ishlari yetarlimi? | ||
| 16. | Sanitariya talablariga rioya qilmaganlarga nisbatan chora ko‘rilayotganidan xabardormisiz? | ||
| 17. | Jamoat transportida tozalik darajasini qanday baholaysiz? | ||
| 18. | Tibbiyot muassasalarida tozalik va gigiyena darajasidan qoniqasizmi? | ||
| 19. | Hududda oziq-ovqat xavfsizligi ustidan nazorat yetarli deb hisoblaysizmi? | ||
| 20. | Umuman olganda, siz sanitariya-epidemiologik osoyishtalik bo‘yicha davlat xizmatlaridan qoniqasizmi? | ||
| 21. | Tizimda xodimlardan birortasi pora talab qilganmi? | ||
| 22. | Tizimda korrupsion holatlar haqida xabar berish bo‘yicha kimga xabar berishni bilasizmi? | ||
| 23. | Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi tashkil etilganligi haqida xabariz bormi? | ||
| 24. | Sizningcha tizimda ishga qabul qilish jarayonida tanish-bilishchilik yoki korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘yiladimi? |